Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlarga qiymati $242,5 mln ga teng boʻlgan 25 171 ta yengil avtomobillar eksport qilgan.
Yengil avtomobillar eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14 036 taga oshgan.
Oʻzbekiston yengil avtomobil eksport qilgan asosiy davlatlar:
- Qozogʻiston — 24 137 ta
- Ukraina — 448 ta
- Rossiya — 320 ta
- Afgʻoniston — 128 ta
- Tojikiston — 64 ta
- Ozarbayjon — 37 ta
- Qirgʻiz Respublikasi — 30 ta
Avvalroq Spot Oʻzbekistondagi ikkilamchi avtomobil bozorida bir yil ichida narxlar qanday oʻzgarganligi haqida yozgan edi.