Uzbekistan Airways 2021-yil 12-noyabrdan boshlab Rigaga aviaqatnovlar sonini oshirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Toshkent — Riga — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha aviaparvozlar haftasiga ikki marotaba — dushanba va juma kunlari amalga oshiriladi.
Ushbu kunlardagi aviaparvozlar quyidagi harakat jadvali boʻyicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):
- Toshkentdan joʻnab ketish: 09:30
- Rigaga kelish: 12:00
- Rigadan joʻnab ketish: 15:00
- Toshkentga kelish: 23:00
Mazkur yoʻnalish boʻyicha aviachiptalar narxi bir tomonga 2 425 539 soʻmdan (bagajsiz) va 2 798 698 soʻmdan (bagaj bilan), shuningdek, borish va qaytish boʻyicha aviachiptalar 3 930 368 soʻmdan (bagajsiz) va 4 477 669 soʻmdan (bagaj bilan) boshlanadi.
Avvalroq Spot “Toshkent — Namangan — Toshkent” yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha aviaqatnov yoʻlga qoʻyilganligi haqida yozgan edi.