Nyu-Yorkning yangi saylangan meri Erik Adams dastlabki uch oylik maoshini bitkoinda olishni rejalashtirmoqda. Kelajakda esa shaharni kriptovalyutalar markaziga aylantirmoqchi. Bu haqda u o’zining Twitter sahifasida ma’lum qilgan.
“Nyu-Yorkda doimo oldinga intilamiz, shuning uchun dastlabki uch oylik maoshimni bitkoinda olishni rejalashtiryapman,. Nyu-York kriptovalyutalar va boshqa innovatsion sanoat markaziga aylanadi. Kuting!”, — deb yozdi Adams
Uning bu posti birinchi oylik maoshini bitkoinda olishni istayotganini yozgan Mayami meri Frensis Suaresga javob tariqasida yozildi.
Avvalroq Erik Adams Bloomberg agentligiga bergan intervyusida Nyu-Yorkda “bitkoin rivojlanishiga toʻsiq” koʻrayotganini va MiamiCoin kabi shaharning oʻz raqamli valyutasini yaratish istiqbolini koʻrib chiqayotganini aytgandi.
Avvalroq Salvador prezidenti bitkoinlar iqtisodiy oʻsishga yordam berishi mumkinligini aytgan edi. Buning ortidan esa kriptovalyutalar mamlakatda rasmiy pul birligi sifatida tan olingandi.