Jizzax viloyat Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan xizmat koʻrsatish belgisidan ruxsatsiz foydalanish holatiga chek qoʻyildi.
Markaz xodimlari tomonidan Jizzax shahrida joylashgan savdo obyekti peshlavhasida tadbirkor tomonidan “GUCCI” xizmat koʻrsatish belgisidan ruxsatsiz hamda isteʼmolchini adashtirib yuborish darajasida foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Natijada Markaz tomonidan huquqbuzarlik uchun taqdimnoma rasmiylashtirildi va xizmat koʻrsatish belgisi doʻkon peshtoqidan olib tashlandi.
Avvalroq Spot Fargʻona va Jizzaxda taniqli brend belgilaridan noqonuniy foydalanish holati aniqlanganligi haqida yozgan edi.