Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, davlat kafolati ishtirokisiz xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, “Oʻzbekneftgaz"ni moliyaviy sogʻlomlashtirish maqsadida 2021-yil noyabr oyida London fond birjasida $700 mln miqdorigacha “Oʻzbekneftgaz” yevroobligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish tashkillashtiriladi.
Moliya vazirligi va “Oʻzbekneftgaz"ning xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirishdan tushgan mablagʻlarni “Oʻzbekneftgaz” gʻaznachilik hisobraqamiga oʻtkazish hamda ularni Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlatish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullandi.
“Oʻzbekneftgaz” xalqaro obligatsiyalarni chiqarishda barcha qabul qilingan moliyaviy shartlarni oʻz muddatida bajarishi, shuningdek mablagʻlarni sarflash yoʻnalishlarini yoritib berishi shart.
Avvalroq Spot Oʻzmetkombinat 50 mlrd soʻmlik obligatsiyalar chiqarishi haqida yozgan edi.