Finlyandiyada xodim oʻz hamkasblarini qancha oylik olishini bilish imkonini beruvchi qonun kuchga kiradi. Ish haqi toʻgʻrisida zarur maʼlumotlarni bir shart bilan olish mumkin boʻladi — agar ishchilar ularni kamsitilyapti deb hisoblasa. Qonun 2023-yilda qabul qilinadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Qonun loyihasi allaqachon kasaba uyushmalari tomonidan tanqid qilingan va ular hokimiyatdan shaffoflikni talab qilmoqda. Ish beruvchilar uyushmasida ular qonunning qabul qilinishi xodimlar oʻrtasidagi nizolarning koʻpayishiga olib keladi, deb hisoblashadi.
Finlyandiyaning Tenglik masalalari boʻyicha vaziri Tomas Blumkvist tanqidga javob berib, qonunning asosiy maqsadi ishchilar oʻrtasidagi asossiz maosh tafovutini tugatish ekanligini aytdi.
Finlyandiya sanoat konfederatsiyasidan yurist Katja Leppanen kompaniyalar tomonidan daromadlar haqidagi maʼlumotlarni taqdim etish ixtiyoriy boʻlishi kerakligini taʼkidladi. Uning fikricha, “bunday maʼlumotlarning nashr etilishi keraksiz qiziqish va ish muhitining yomonlashishiga olib keladi”.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda finlyandiyalik ayollar erkaklarnikidan 17,2% ga kam maosh olgan. Finlyandiya bu yil ish haqi boʻyicha gender tengligi reytingida 37-oʻrinni egalladi.
Avvalroq Portugaliyada rahbarlar ish vaqtidan keyin xodimlarini bezovta qilishini taqiqlaydigan qonun qabul qilingan edi.