Davlat statistika qoʻmitasi hududiy markaziy dehqon bozorlarida oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, oʻrganilgan vaqt davomida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi quyidagicha:
- suyakli mol goʻshti (1 kg) — 45000−68000 soʻm;
- qoʻy goʻshti (1 kg) — 52000−80000 soʻm;
- kartoshka (1 kg) — 3000−7000 soʻm;
- piyoz (1 kg) — 1200−4000 soʻm;
- sabzi (1 kg) — 1000−5500 soʻm;
- tuxum (10 dona) — 7000−15000 soʻm;
- guruch (1 kg) — 5000−17500 soʻm;
- oʻsimlik yogʻi (1 litr) — 14000−24000 soʻm;
- shakar (1 kg) — 7500−10000 soʻm.
Bunda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan.
Avvalroq Markaziy bank inflyatsiyaning tezlashib ketish sabablarini ma’lum qilgan edi.