15-noyabr, dushanba kuni bir necha banklar dollar kursini oshirdi.
Aksariyat banklarda 10 730 soʻmdan sotib olish, 10 790 soʻmga sotish taklifi mavjud. Banklararo dollar kursi oxirgi 7 kun ichida uchinchi marta maksimal darajada yangilandi.
Oʻtgan hafta dollar kursi ikki marta oshib, “rekord” darajada oshdi. Payshanba kuni kurs birinchi marta 10 770 soʻmgacha koʻtarildi, juma kuni esa 10 780 soʻmga yetdi.
Fevral oyining oʻrtalaridan boshlab Markaziy bank valyuta kurslarini avvalgidek haftada bir marta emas, har kuni eʼlon qilmoqda.
Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil boshidan buyon soʻm 2% ga qadrsizlangan — bu soʻnggi yillardagi eng yaxshi koʻrsatkichdir. Biroq Hisob palatasi soʻmning sezilarli darajada zaiflashishini kutmoqda — uning prognoziga koʻra, 2022-yilda dollarning oʻrtacha yillik kursi 11300 soʻmdan oshadi.