Oʻzbekistonda elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtotransport vositalari (elektromobillar) uchun alohida davlat raqami belgilari ishlab chiqarildi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 1-noyabrga qadar elektromobillar uchun rasmiylashtirilgan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilari bepul almashtirib beriladi.
Bundan tashqari, auksion savdolari orqali yutib olingan davlat raqami belgilari ham elektromobillar uchun alohida ishlab chiqarilishi maʼlum qilindi.
Avvalroq Spot 2021-yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati $10,5 mln ga teng boʻlgan 558 ta elektromobil import qilinganligi haqida yozgan edi.