2021-yilning 17−19-dekabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi startapga qiziqadiganlar uchun “Hack4Region” xakatoni boʻlib oʻtadi. Bu haqda IT Park xabar bermoqda.
Xakaton ishtirokchilariga quyidagi yoʻnalishlarning biri boʻyicha muammoni hal qiluvchi loyiha ishlab chiqarishga 2 kun beriladi:
- sunʼiy intellekt;
- meditsina;
- energetika;
- qishloq va suv xoʻjaligi;
- qurilish;
- taʼlim;
- ijtimoiy himoya;
- aholi bandligi.
Roʻyxatdan oʻtish 2021-yil 14-dekabrgacha davom etadi.
Xabarda aytilishicha, tanlov tugallangandan soʻng, muvaffaqiyatli startap loyihalar qimmatbaho sovgʻalarga ega boʻladi.
Batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olish mumkin.