Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulovning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida jurnal, reyting daftarcha endi qogʻoz koʻrinishda boʻlmaydi. Talaba guvohnomasini ham ID kartaga oʻtkazish va unda barcha maʼlumotlar saqlanishi boʻyicha byudjet loyihasi hozirda muhokamaga qoʻyilgan.
“Dunyo tajribasida tizim raqamlashtirilsa, inson omili minimallashtirilsa, korrupsiya boʻlmaydi, — dedi Abduqodir Toshqulov.
Buning uchun Hemis axborot dasturi ishga tushirilgani va u orqali maʼmuriy, oʻquv, ilmiy, moliyaviy yoʻnalishlar boʻyicha barchasi raqamlashtirilishi taʼkidlandi.
Vazirning aytishicha, raqamlashtirish barcha jarayonga birdek taʼsir qiladi, dars jadvallari A1 va A2 formatdagi maxsus doskalarga osilmasligi kerak.
Avvalroq Spot talabalarning ijara toʻlovini bir qismi qoplab berilishi haqida yozgan edi.