Samarqand aeroportining yopilishi dekabr oyining o’rtalariga qadar uzaytiriladi.
“Samarqand” xalqaro aeroportida yangi aerodrom kompleksi va yangi aeronavigatsiya uskunalarini foydalanishga tayyorlash bilan bog’liq ishlar davom ettirilmoqda. Shu munosabat bilan aeroportning yopilishi joriy yilning 15-dekabriga qadar uzaytiriladi.
Barcha aviareyslar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlariga — “Navoiy”, “Buxoro”, “qarshi” aeroportlariga yo’naltiriladi.
Eslatib o’tamiz, Samarqandda 2022-yilda bo’lib o’tadigan SHHT sammitiga tayyorgarlik doirasida yangi aerodrom kompleksi qurilishi davom etmoqda.