Kelgusi yildan boshlab “Ai-80” markali benzindan voz kechiladi.

Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ departament direktori Xushnudjon Mahmudov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Ai-80” benzini asosan xalqimizni, iste’molchilarni o‘ylab “O‘zbekneftgaz” tomonidan ishlab chiqarilyapti va arzon narxda taklif etilyapti. Bugungi kunda ham ushbu markali benzin 6800−6900 so‘m atrofida sotilmoqda.

“O‘zbekneftgaz” strategiyasiga ko‘ra, kelgusi yildan boshlab “Ai-80” markali benzindan bosqichma-bosqich voz kechiladi va yanada sifatli qilib ishlab chiqarish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Avvalroq, benzin narxlari yaqin kunlarda o’zgarishi haqida xabar berilgan edi.