Prezident qaroriga muvofiq, 2022-yildan ekishga tavsiya etilgan bugʻdoy navlari xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan mustaqil joylashtiriladi.
2022 — 2024-yillarda klasterlar va fermerlar yetishtirgan hosilining gʻalla ekilgan har gektar maydon hisobidan oʻrtacha 2,5 tonnadan bugʻdoyni erkin birja savdolari orqali, qolgan qismini toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida erkin sotadi.
Har yili 1-avgustgacha bugʻdoyning kelgusi yil hosili uchun kutilayotgan indikativ narx OAVda eʼlon qilinadi.
Davlat boshqaruvi organlari, hokimliklar va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga quyidagilar taqiqlanadi:
- imtiyozli kreditlardan foydalanish yoʻnalishlariga aralashish;
- bugʻdoyni sotish, shartnomalar tuzish, respublika hududlari oʻrtasidagi ichki tashuvlarga aralashish;
- gʻallachilik klasterlariga chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa yoʻnalishlarni qoʻshish toʻgʻrisida yozma yoki ogʻzaki tartibda koʻrsatma berish.
Shuningdek taʼkidlanishicha, 2021 — 2022-yillarda “Oʻzdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalari tadbirkorlarga sotiladi.
Avvalroq Spot endilikda qishloq xo‘jaligi yerlari dronlar yordamida kuzatilishi haqida yozgan edi.