AQSh Qimmatli qogʻozlar va birja komissiyasi (SEC) maʼlumotlariga koʻra, Mask 15-noyabr kuni 934 000 dan ortiq aksiyalarni har biri $980 dan $1028 gacha boʻlgan narxlarda sotgan.

6-noyabr kuni u Twitter-da Tesla-ning taxminan $21 milliardlik 10% aksiyalarini sotish boʻyicha soʻrov oʻtkazdi. Deyarli 58% yoqlab ovoz berdi.

Buning ortidan kompaniya aksiyalarining narxi pastladi. 11-noyabr kuni esa Mask Tesla-ning 934 mingga yaqin aksiyasini $1,1 milliardga sotdi.

Ilon Mask soliq majburiyatlarini bajarish uchun oʻz ulushining bir qismini sotgani va bu kelishuvni sentyabr oyida kelishilgan reja asosida amalga oshirayotganini taʼkidladi. Bunday rejalar kompaniyalarning qimmatli qogʻozlarining eng yirik egalari tomonidan ichki savdo ayblovlaridan qochish uchun tuziladi.

8-noyabrdan beri u taxminan 7,23 million aksiyani taxminan $7,83 milliardga sotdi, deb yozadi Market Watch. Baʼzi aksiyalar soʻrov eʼlon qilinishidan oldin sotilgan, deb yozadi gazeta.

Mana shu soʻrovlar fonida Tesla-ning eng yirik aksiyadorlari oʻz aksiyalarini sotishdi. Ular orasida direktorlar kengashi raisi Robin Denholm va Ilon Maskning ukasi Kimbal Mask ham bor.