Vazirlik axborot xizmatining maʼlum qilishicha, u yurtimizda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, mavjud muammo va kamchiliklarni ijobiy hal qilish maqsadida yaratildi.
Mazkur “Call-markaz” (1295) tibbiyot xodimlarining faoliyatlari bilan bogʻliq masalalar, tizimdagi muammolar va sohani yanada rivojlantirishga turtki beradigan gʻoya va takliflar uchun ishlashni boshladi.
Bu murojaatlarning aksariyati “Call-markaz"ga biriktirilgan mutasaddilar tomonidan hal qilinsa, bir qismi olimlar, shifokorlar, farmatsevtlar, hamshiralar va tizim xodimlari bilan boʻladigan ochiq muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkaziladi.
Avvalroq Spot Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlarining “Call markazi” ishga tushganligi haqida yozgan edi.