IT Parkʼning hamkori UNDP Uzbekistan o‘zbek tilini raqamlashtirish bo‘yicha yangi “Uzbek Voice” loyihasini ishga tushirmoqda.

“Uzbek Voice” — o‘zbek tilidagi ovozli ma’lumotlarni yig‘ish va ochiq ma’lumotlar bazasini yaratish loyihasi.

Loyihaning maqsadi ovozni aniqlash texnologiyasini hamma uchun ochiq qilishdir.

Qanday ishtirok etish mumkin:

  • Mozilla Common Voice Platform sahifasiga havola orqali o‘ting: https://commonvoice.mozilla.org/uz;
  • “Oʻqish” tugmasini bosing va oʻzbek tilidagi gaplarni oʻqib boʻlgach, ovozingizni bazaga yozib oling;
  • “tinglash” tugmasini bosing va boshqalar o‘qiyotganlarini tinglash orqali aniqligini tekshiring;
  • Mozilla Common Voice platformasida roʻyxatdan oʻtish orqali statistikangizni kuzatib boring.

2021-yil 30-noyabr kuni 3 nafar eng faol oʻquvchi va 3 nafar eng faol tinglovchiga sovgʻalar taqdim etiladi.

Loyiha doirasida toʻplangan maʼlumotlar biz sizga keyinroq xabar qiladigan tanlovda ishlatiladi.