Hukumat qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi. Unga koʻra, eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:
- 2010-yilgacha berilganlari — 2022-yil 31-martgacha;
- 2010 — 2020-yillarda berilganlari — 2022-yil 30-iyungacha;
- 2013 — 2015-yillarda berilganlari — 2022-yil sentyabrgacha;
- 2015-yildan keyin berilganlari — 2022-yil 31-dekabrgacha.
Ilgari 2021-yil 31-dekabrgacha almashtirish majburiy edi.
Xabarda ta’kidlanishicha, yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.