Elektron tijorat maʼmurchiligini takomillashtirish va uni yana-da rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ-14-son, 17.11.2021 y.) qabul qilindi.

2022 yil 1 iyuldan elektron tijoratning “Ochiq raqamli ekotizimi” to‘liq ishga tushiriladi.

Elektron kooperatsiya portali markazi Raqamli tqilindi ransformatsiya markazi etib qayta tashkil etiladi.

Markaz Raqamli ekotizimni shakllantirish va uning operatori funksiyalarini bajaradi.

Raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalarida tovarlar va xizmatlar sotish to‘g‘risidagi maʼlumotlar joylashtiriladi.

2024 yil 1 yanvargacha Raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalari operatorlari uchun foyda solig‘i stavkasi 50 foizga kamaytiriladi.