Joriy yilning 18-noyabr kuni birja savdolariga jami 4438,9 tn AI-80 markali benzin qoʻyilgan boʻlsa shundan 3339,7 tn yoki 75%i sotilgan. Bu haqda monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xabar bermoqda.

Koʻrilgan amaliy tadbirlar natijasida, 15-noyabrga nisbatan 18-noyabr kuni AI-80 markali avtomobil benzinining oʻrtacha sotilish narxlari 1 tonnasi 10 129 ming soʻmdan 9 180,5 ming soʻmgacha pasayib, 9% ga arzonlashdi, deyiladi xabarda.

Ishlab chiqaruvchilar kesimida ushbu koʻrsatkich quyidagilarni tashkil etdi:


Shuningdek, birja savdolari orqali benzin sotib oluvchi kunlik xaridorlar soni — 3,7 barobarga oshdi (32 tadan 119 taga).

Avvalroq Spot O’zbekistondagi benzin narxi 10−15 kunda oʻzgarishi, bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Farruh Karabayev ma’lum qilganligi haqida yozgan edi.