Mahalliy “Qanot Sharq” aviakompaniyasi Toshkentdan Sochiga yangi reysni yoʻlga qoʻydi. Ilgari bu yoʻnalishga faqat Uzbekistan Airways xizmat koʻrsatgan.
“Qanot Sharq” aviakompaniyasining birinchi samolyoti allaqachon Sochi aeroportiga qoʻndi, deya xabar berdi “Вести-Сочи” telekanali.
“Qanot Sharq” aviakompaniyasining Toshkentdan Sochiga muntazam qatnovi haftada bir marta — chorshanba kunlari amalga oshiriladi. Safar vaqti 3 soat 50 minut boʻladi.
Parvoz davri kuz-qish navigatsiyasi oxirigacha davom etadi. Yoʻlovchilar Airbus 320 samolyotida tashiladi.
Shu vaqtga qadar Sochiga reyslar 1-iyuldan parvozlarni tiklagan Uzbekistan Airways MAK tomonidan amalga oshirilgan. Kompaniya parvozlarni uzaytirdi va parvozni qishki jadvalda saqlab qoldi. Ikki aviatashuvchining mavjudligi Toshkentdan Sochiga haftasiga uch marta parvoz qilish imkonini beradi, deyiladi xabarda.