Facebook mualliflardan kamida 30 daqiqa davomida toʻrttadan oltitagacha jonli efirga chiqishlarini istaydi, deb yozadi The Information. Nashrda blogerlar ushbu shartlarni qaysi muddatda bajarishi kerakligi koʻrsatilmagan.
Toʻgʻridan-toʻgʻri translyatsiyalardan tashqari, platforma podkastlar, musiqa va ovozli xabarlarni qoʻllab-quvvatlaydi.
Iyul oyida Mark Sukerberg 2022-yil oxirigacha kompaniya kontent mualliflariga kompaniyaning turli xizmatlaridan — masalan, reklama videolari, jonli efirlar, Reelsʼda kontent yaratish va boshqalardan foydalanish uchun $1mlrd toʻlashini maʼlum qilgan edi.
Noyabr oyida Instagram foydalanuvchilarga Reels-da qisqa videolarni joylashtirgani uchun $35 minggacha taklif qildi. Kompaniya blogerlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi hali sinov bosqichida ekanligini maʼlum qildi. Nashrning yozishicha, ijtimoiy tarmoq shu tariqa TikTok bilan raqobatlashmoqchi.