Toshkent viloyati teleradiokanalini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori imzolandi.
Toshkent viloyati teleradiokanali — “Nurafshon TV"deb nomlanadi.
Prezident qarori bilan “Yoshlar”, “Navo” va “Kinoteatr” telekanallari ixtisoslashtirilgan reklama xususiyatiga ega bo‘lgan kanal sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Shuningdek, “O‘zbekiston” teleradiokanalida “Qishloq xo‘jaligi” tahririyatini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullandi va bu kanalda mazkur yo‘nalish keng yoritiladi.