Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida 52 454 dona Cobalt ishlab chiqarilgan.
2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida quyidagi avtomobillar ishlab chiqarilgan:
- Cobalt — 52 454 dona;
- Damas — 45 644 dona;
- Lacetti-Gentra — 37 557 dona;
- Nexia T-250 — 21 578 dona;
- Labo — 12 693 dona;
- Spark — 7 264 dona.
Shuningdek, qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning oktyabr oyida 9138 dona Cobalt ishlab chiqarilgan.
Bu har 5 daqiqada bir dona Cobalt konveyerdan chiqdi degani.
Quyida oktyabr oyida ishlab chiqarilgan avtomobillar va ularning soni:
- Cobalt — 9 138 dona ;
- Lacetti-Gentra — 7 478 dona;
- Nexia T-250 — 5 099 dona ;
- Damas — 3 288 dona ;
- Labo — 1 637 dona;
- Spark — 367 dona.
Avvalroq Spot “UzAuto Motors” Captiva yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzishni toʻxtatganligi haqida xabar bergan edi.