Global Pay va 1HLSW elektron pullar tizimi Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritilib, elektron pullar chiqarilishi faoliyatiga ruxsat berildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar bermoqda. Bu bilan Oʻzbekistonda faoliyatiga ruxsat berilgan elektron pullar tizimi 10 taga yetdi.
“Elektron pullar tizimida huquqiy baza yaratilishi bozorda innovatsion xizmatlar va yangi ishtirokchilar paydo boʻlishiga olib keldi. Sodda qilib aytganda, oʻzimizning soʻm virtual koʻrinishda boʻladi”, — deydi MB boshqarma boshligʻi Miraziz Mirhayotov.
Maʼlumot uchun, 10 oy davomida 3 mln 200ta elektron hamyon fuqarolar tomonidan ishlatilmoqda. 2021-yilning 10 oyida elektron pullar tizimida 124 mlrd soʻmlik tranzaksiyalar amalga oshirilgan. Bularning 93%i savdo va xizmatlar uchun xaridlar, 7%i bir elektron hamyondan ikkinchi hamyonga pul oʻtkazmalari ulushiga toʻgʻri keladi.
Eslatib oʻtamiz, Markaziy bank avvalroq Qiwi faoliyatiga ruxsat bergan edi.