Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekiston importida yuqori ulushga ega boʻlgan davlatlar orasida Rossiya va Xitoy yetakchilik qilmoqda. Rossiyadan $4,2 mlrd lik, Xitoydan esa $4,0 mlrd lik mahsulotlar import qilingan.
Shuningdek, importda yuqori ulushga ega boʻlgan qolgan davlatlar quyidagicha:
- Qozogʻiston — $2,2 mlrd;
- Koreya — $1,5 mlrd;
- Turkiya — $1,3 mlrd;
- Germaniya — $571,5 mln;
- Turkmaniston — $404,1 mln;
- Hindiston — $371,9 mln;
- Ukraina — $364,2 mln;
- Litva — $342,1 mln dollar.
Bundan tashqari, 2021-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonning eksport hajmi $12,4 mlrd ga teng boʻldi.
Oʻzbekiston eksportida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar quyidagicha:
- Xitoy — $2,1 mlrd;
- Rossiya — $1,7 mlrd;
- Turkiya — $1,4 mlrd;
- Qozogʻiston — $952,4 mln;
- Qirgʻiziston — $643,4 mln;
- Afgʻoniston — $521,6 mln;
- Tojikiston — $394,8 mln;
- Ukraina — $172,4 mln;
- Kanada — $171,5 mln;
- Turkmaniston — $151,5 mln.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi $32,6 mlrd ga teng boʻldi.