Oʻzbekistonda 10 oyda qariyb 86 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Qoʻmita xabariga koʻra, 2021-yilning yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonda jami 85,9 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Bajarilgan qurilish hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,1% ga oshgan.
Oʻzbekistonda soʻnggi 10 yilda bajarilgan qurilish ishlarining moliyaviy hajmi quyidagicha:
- 2010 yilda — 8,2 trln soʻm;
- 2011 yilda — 9,5 trln soʻm;
- 2012 yilda — 11,7 trln soʻm;
- 2013 yilda — 15,2 trln soʻm;
- 2014 yilda — 20,1 trln soʻm;
- 2015 yilda — 25,4 trln soʻm;
- 2016 yilda — 29,4 trln soʻm;
- 2017 yilda — 34,7 trln soʻm;
- 2018 yilda — 51,1 trln soʻm;
- 2019 yilda — 71,2 trln soʻm;
- 2020 yilda — 88,1 trln soʻm.
Avvalroq Spot koʻchmas mulk oldi-sotdisining eng yuqori oʻsish surʼatlari Andijon viloyatida qayd etilganligi haqida yozgan edi.