Rossiyalik biznesmen, “VKontakte” va Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiya fuqaroligini oldi, deb xabar bermoqda “Kommersantʼ”.

Xabarda aytilishicha, uning ism-sharifi 2021-yil 23-avgustdagi farmonda qayd etilgan.

Pavel Durov hozircha bu borada hech qanday izoh bermadi.

Durov shuningdek, Karib dengizidagi Sent-Kits va Nevis davlati fuqarosi hisoblanadi.

Mavzuga doir: Yolgʻizlik, uyqu va katta shaharlar: Pavel Durov 37 yoshga toʻlgan kuni nimalar dedi.