Buyuk Britaniyada naqd puldan voz kechish gʻoyasi ilgari surilmoqda. Bu haqda Angliya banki raisi oʻrinbosari Jon Kanliffga tayanib Bloomberg xabar berdi.

“Markaziy bankning davlat pullari yoʻqolib bormoqda. Londonda naqd puldan foydalanish imkoni yoʻq joylar bor”, — dedi Kanliff.

Uning soʻzlariga koʻra, hozir Angliyada kredit va debet kartalari ommalashmoqda. Shuningdek, naqd pul muomalasini kamaytiradigan onlayn-texnologiyalar jadal rivojlanmoqda.

Kanliffning fikricha, Britaniya hukumati kelajak moliya tizimidagi barcha pul operatsiyalarini kuzatishga moslashishiga toʻgʻri keladi.

Avvalroq Shvetsiya naqd puldan voz kechish va milliy valyutaning raqamli muqobiliga oʻtishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.