Oʻzbekiston Rossiyaning beshta aviakompaniyasiga mamlakat aeroportlariga muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qilmoqda.
2021/2022-qish mavsumi parvozlar jadvaliga muvofiq Rossiya aviakompaniyalarining Oʻzbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirish boʻyicha tasdiqlangan yoʻnalishlar quyidagicha:
“Aeroflot” aviakompaniyasi
Moskva — Toshkent — Moskva yoʻnalishida haftasiga 4 marotaba.
“S7 Airlines” aviakompaniyasi
- Moskva — Samarqand — Moskva
- Moskva — Buxoro — Moskva
- Moskva — Urganch — Moskva
- Irkutsk — Fargʻona — Irkutsk
- Novosibirsk — Buxoro — Novosibirsk
- Novosibirsk — Namangan — Novosibirsk
- Novosibirsk — Fargʻona — Novosibirsk yoʻnalishlarida haftasiga 1 tadan reys.
“Ural Airlines” aviakompaniyasi
- Moskva — Namangan — Moskva
- Moskva — Samarqand — Moskva
- Sankt-Peterburg — Urganch — Sankt-Peterburg
- Sankt-Peterburg — Fargʻona — Sankt-Peterburg
- Yekaterinburg — Namangan — Yekaterinburg
- Yekaterinburg — Samarqand — Yekaterinburg
- Qozon — Samarqand — Qozon yoʻnalishlarida haftasiga 1 tadan reys.
“Red Wings” aviakompaniyasi
- Moskva — Fargʻona — Moskva
- Moskva — Samarqand — Moskva
- Moskva — Buxoro — Moskva
- Qozon — Buxoro — Qozon yoʻnalishlarida haftasiga 1 tadan reys.
“Smartavia” aviakompaniyasi
- Sankt-Peterburg — Namangan — Sankt-Peterburg
- Sankt-Peterburg — Buxoro — Sankt-Peterburg yoʻnalishlarida haftasiga 1 ta reys.
Avvalroq Spot mahalliy “Qanot Sharq” aviakompaniyasi Toshkentdan Sochiga yangi reysni yoʻlga qoʻyganligi haqida yozgan edi.