Orolbo‘yi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident Farmoni (PF-25-son, 23.11.2021 y.) qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan:
- 2031 yil 1 yanvargacha Mo‘ynoqdagi mahalliy sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlar uchun:
- foyda va daromad solig‘i, aylanmadan olinadigan va ijtimoiy soliqlar 1 foiz;
- mol-mulk, yer va suvdan foydalanganlik uchun soliq 1 foiz etib belgilandi;
2025 yil 1 yanvargacha Xorazm viloyatining Tuproqqal’a, Yangiariq, Yangibozor tumanlarida tadbirkorlar uchun:
- foyda solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan yer va mol-mulk solig‘i 50 foizga kamaytiriladi;
- O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan o‘z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan xomashyo, materiallar bojxona bojidan ozod qilinadi;
- Xorazmda yangi qurilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlarga yer solig‘i bo‘yicha imtiyozli davr besh yil etib belgilandi.
Qoraqalpog‘iston uchun Davlat byudjetidan ta’minlanadigan investitsiya loyihalari kamida 50 milliard so‘m etib belgilandi.
Xorazmdagi past rivojlanayotgan va ishsizlik yuqori bo‘lgan 98 ta mahalla uchun 2022−2026 yillar davomida:
- oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 250 mlrd so‘m kredit ajratiladi;
- davlat byudjetidan infratuzilmani rivojlantirish uchun 150 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
️2022 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargacha Orolbo‘yi mintaqasidagi:
- kichik tadbirkorliklarga korxona uchun zarur asbob-uskunalarni olib kelish vaular ishlab chiqargan mahsulotlarni boshqa hududlariga yetkazib berish bilan bog‘liq tashish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi;
- mahalliy eksportchilar ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qilishda, ularning Kaspiy dengizigacha tashish bilan bog‘liq transport xarajatlarini to‘liq qoplab beriladi.