Prezident Sugʻurta faoliyatiga oid qonunni imzoladi. Ushbu qonunda sugʻurta tavakkalchiligi, sugʻurta tarifi, franshiza, transchegaraviy sugʻurta va boshqa shu kabi asosiy tushunchalarga taʼriflar berildi.

Qonunga koʻra, sugʻurta bozorining professional ishtirokchilari (sugʻurtalovchilar, sugʻurta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sugʻurta syuveyerlari, assistans)ning huquq va majburiyatlari aniq belgilab qoʻyildi.

Qonun bilan sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchi oʻrtasida elektron shakldagi axborot almashinuvining oʻziga xos xususiyatlari belgilandi.

Unga koʻra, endilikda sugʻurta shartnomasi internet orqali elektron shaklda tuzilishi mumkin. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.