Xitoyning Chery avtomobil ishlab chiqaruvchisi Oʻzbekiston bozoriga 2022-yilning birinchi yarmida kirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya vakillari Spotga maʼlum qildi.
Pro seriyali avtomobillar (Tiggo 8 Pro, Tiggo 7 Pro, Tiggo 4 Pro va Tiggo 2 Pro) birinchi boʻlib sotuvga chiqishi kutilmoqda. Kompaniya Oʻzbekistonga qanday modellarni yetkazib bermoqchiligi hozircha aniqlanmagan.
Toshkentda ilk avtosalonlar paydo boʻladi. Keyinchalik kompaniya geografiyasini kengaytirib, Chery avtomobillarini mamlakatning yana yettita shahrida taqdim etish niyatida.
Chery Automobile Co kompaniyasi 1997-yilda Xitoyda tashkil etilgan. Kompaniya 80 dan ortiq mamlakat va mintaqalarga eksport qiladi, Xitoydan tashqarida 10 ta zavod, 1500 dan ortiq chet el dilerlik va xizmat koʻrsatish markazlariga ega. Soʻnggi 18 yil ichida Chery yengil avtomobillar eksporti boʻyicha Xitoyda birinchi oʻrinni egallab kelmoqda.
Sentyabr oyi oxirida kompaniya qoʻshni Qozogʻiston bozoriga chiqish uchun uchinchi urinishini amalga oshirdi. Tiggo 7 Pro, Tiggo 8 Pro kabi avtomobil modellarini va yangi Pro seriyasining boshqa modellarini yetkazib berish rejalashtirilgan.
Avvalroq Spot Renault-ning Oʻzbekistondagi narxlari haqida xabar bergan edi.