2022-yilda poyezdlar harakatlanishini fuqarolar tomonidan onlayn kuzatish imkonini beruvchi axborot tizimi ishga tushiriladi. Qayd etilishicha,2022-yil oxiriga qadar 3 ta yangi loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Ular:
- sunʼiy intellektdan foydalanilgan holda meʼyordan ortiq ortilgan yuk vagonlar aniqlash axborot tizimini barcha stansiyalarga joriy qilish;
- “Avianavigatsiya” tizimining analogida (“Railway Navigation”) yoʻlovchi poyezdlar harakatlanishi fuqarolar tomonidan onlayn kuzatish imkonini beruvchi axborot tizimini yaratish;
- elektron chiptalar sotish axborot tizimining shahar atrofi poyezdlariga onlayn chipta sotish modulini yaratish.
Bundan tashqari, 2022-yil may oyiga qadar temir yoʻl poyezdlari lokomotivlari harakatini nazorat qilish va mashinistni yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflar haqida oʻz vaqtida xabardor qilish uchun sunʼiy intellekt tizimini tajriba rejimida joriy etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, mavjud elektron chiptalarini sotish avtomatlashtirilgan tizimini yanada takomillashtirish, optik tolali aloqa liniyalarini qurish loyihalarini davom ettirish koʻzda tutilgan.
Avvalroq Spot Toshkentda 7 ta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etilayotgani haqida yozgan edi.