O‘zbekiston Transport vazirligi tashabbusi bilan “Uzbekistan Airports” AJ “Silk Avia” mintaqaviy sho‘ba aviakompaniyasini tashkil etmoqda.
Yangi aviatashuvchi kelasi yildan parvozlarni boshlashni rejalashtirmoqda.
Silk Avia aviakompaniyasi joriy yilning sentabr oyida ro‘yxatga olingan va 14−18-noyabr kunlari Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan Dubai Airshow-2021 doirasida Uzbekistan Airports va HAS Aviation GT MChJ o‘rtasida aviatashuvlar strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.
Yangi aviakompaniya mintaqaviy aeroportlarni rivojlantirish uchun ham zarur.
Shuning uchun birinchi bosqichda u Uzbekistan Airports boshqaruv kompaniyasi tomonidan yaratilgan.
Kelgusida aviakompaniyani xususiy sektorga o‘tkazish rejalashtirilgan.
Silk Avia o‘zini “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviatashuvchisiga raqobatchi sifatida ko‘rsatmaydi, balki ichki tashishlarni tashkil etishda hamkor sifatida ishlaydi.