Osiyo taraqqiyot banki Toshkent viloyatida oqava suvlarning integratsiyalashgan boshqaruv tizimini rivojlantirishga koʻmaklashish uchun $161 mln miqdorida kredit ajratishni maʼqulladi, deb xabar berildi OTB saytida.
Loyiha doirasida Ohangaron, Olmaliq, Angren, Bekobod, Chirchiq, Yangiyoʻl va Chinozdagi markazlashgan oqava suv tizimlari modernizatsiya qilinadi. Loyiha tozalash inshootlari va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish, 800 mingdan ortiq aholi uchun suv hisoblagichlarini oʻrnatish ishlari qoʻllab-quvvatlanadi.
Shuningdek, Chinoz, Yangiyoʻl va Zangiota tumanlaridagi 70 ta aholi punktlarida 136 ming aholiga septiklar oʻrnatilib, markazlashtirilmagan kanalizatsiya tizimidan foydalanishi taʼminlanadi.
“Ushbu loyiha suv va kanalizatsiya boshqaruvi uchun sunʼiy intellekt, masofaviy datchiklar kabi raqamli texnologiyalarni oʻz ichiga olgan aqlli yechimlarni namoyish etadi”, dedi OTBning shaharsozlik boʻyicha katta mutaxassisi Chon Xo Kim.
Bundan tashqari, OTB institutsional islohotlarni amalga oshirish uchun $800 ming miqdorida texnik yordam granti ajratadi.
Avvalroq Spot Rossiya Olmaliqda misni qayta ishlash fabrikasi qurish uchun 712 mln yevro ajratishi haqida yozgan edi.