Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati $12 mln ga teng boʻlgan 613 ta elektromobil import qilingan.
Elektromobil importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 526 taga yoki qariyb 7 baravardan oshgan.
Oʻzbekiston elektromobillarni import qilgan qilgan davlatlar quyidagicha:
- Xitoy — 551 ta
- Turkiya — 24 ta
- Litva — 13 ta
- Germaniya — 9 ta
- AQSh — 7 ta
- Koreya Respublikasi — 5 ta
- Ispaniya — 2 ta
- Rossiya — 1 ta
- Gonkong — 1 ta
Maʼlumot uchun, oʻtgan oyda Oʻzbekistonga xorijdan 55 ta elektromobil import qilingan edi. Avvalroq Spot “Astana Motors” Jizzaxda Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etishi haqida yozgan edi.