Virgin Galactic koinotga sayyohlik parvozi uchun ikkita chiptani lotereyaga qoʻydi, unga koʻra, Richard Brenson keyingi parvozni Universitetda astrofizika fakultetida tahsil olayotgan qizi bilan koinotga uchadi, deb yozadi TechCrunch.

Kompaniya asoschisi Richard Brenson oʻz nutqida kompaniya muntazam ravishda chiptalarni shu usulda ulashib turishi, biroq Virgin Galactic hozircha boʻlajak oʻyinlar haqida eʼlon qilmasligini, taʼkidlaydi TechCrunch.

2021-yil iyul oyida kompaniya koinotga sayyohlik parvozi uchun ikkita chipta lotereyasini boshladi. Hujjatlar 1-sentyabrgacha qabul qilindi. Tanlov shartlariga koʻra, gʻolib ikkita chipta oladi, uning biri oʻzi, ikkinchisi u tanlagan bir kishi uchun.

Eslatib oʻtamiz, 11-iyul kuni Virgin Galactic ekipajli Unity kosmik kemasini suborbital parvozda muvaffaqiyatli uchdi, unda kompaniya asoschisi Richard Brenson ham ishtirok etdi. Oktyabr oyida Virgin Galactic koinotga sayyohlik parvozlarining vaqtini 2022-yil oxirigacha koʻchirgandi.