Aviayuklarni tashishni elektron rasmiylashtirish platformasi “e- Freight” xalqaro standarti joriy etiladi.

“ye- Freight — bu IATA tomonidan tavsiya etilgan va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida qabul qilingan xalqaro standart. Mazkur platformaning O‘zbekistonda joriy etilishi xorijiy logistika kompaniyalari va aviatashuvchilar uchun aeroportlarimiz raqobatbardoshligi va jozibadorligini sezilarli darajada oshiradi”, — deydi “Uzbekistan Airports” AJ Boshqaruvi raisi Rano Djurayeva.

Avvalroq Spot, 2021-yil 1-noyabrdan “Uzbekistan Airports” AJ tarkibida “Uzbekistan Airports Handling” MChJ sho’ba xendling kompaniyasi faoliyat boshlashi haqida xabar bergan edi.

Yangi korxona yo’lovchilarni samolyotga ro’yxatdan o’tkazish, yetkazib berish va qo’ndirish, yukni qayta ishlash va yetkazib berish, samolyotga yer usti xizmat ko’rsatish, samolyotga oziq — ovqat yuklash, shuningdek, aerovokzal kompleksining xizmatlari-ona va bola xonasi, tibbiy markaz va ma’lumotnoma xizmatlarini taqdim etadi.