29-noyabr, dushanba kuni bir qancha banklar dollar kursini oshirdi. Aksariyat banklar Amerika valyutasini 10 830 soʻmdan sotish, 10 730 — 10 790 soʻmdan sotib olish taklifini bermoqda.
Sotish boʻyicha eng arzon taklifni “Ravnaq-bank” bermoqda (10 800 soʻmdan). Eng maqbul sotib olish narxi “Universalbank” va “Kapitalbank” tomonidan taklif etilgan — 10 790 soʻm.
Banklararo valyuta kursi boʻyicha avvalgi rekord 10 kun avval oʻrnatilgan edi — oʻshanda dollar birinchi marta 10 820 soʻmgacha koʻtarilgan, bir kun avval esa birinchi marta 10 800 soʻm chegarasidan oʻtgan edi. Dollar kursi noyabr oyining oʻrtalarida keskin koʻtarila boshladi.
Bungacha Markaziy bank 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida oʻzbek valyutasi atigi 2 foizga qadrsizlanganini maʼlum qilgandi, bu soʻnggi yillardagi eng past koʻrsatkichdir. Biroq 2022-yilda Hisob palatasi dollarning oʻrtacha yillik kursini 11300 soʻm deb kutmoqda.