Toshkent shahrida yangi ekspress avtobus yoʻnalishi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 20,5 kilometr masofalik ushbu yoʻnalish 4 ta jadval asosida 23 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi.

Avtobus “Chilonzor buyum bozori” avtoshohbekatidan Bunyodkor, Furqat, Sebzor, Ahmad Donish koʻchalari orqali Toshkent halqa avtomobil yoʻlida joylashgan “Uch qahramon” bozori yaqinidan qayrilib olib, Yunusobod mavzesi 12-daha oxirgi bekatiga qadar yoʻlovchi oqimi gavjum katta oraliq bekatlarda toʻxtab harakatlanadi.


Maʼlumotda aytilishicha, yoʻlkira narxi 3000 ming soʻm etib belgilanadi.

Avvalroq Spot Toshkent shahrida 7 ta yangi avtobus yoʻnalishini tashkil etish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergandi.