UzAuto Motors AJ kompaniyasi Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini yetkazib berish boʻyicha shartnomalar toʻxtatilgani haqida rasmiy bayonot bergandi.

Bayonotda mijozlar murojaatidan keyin 3 kun ichida tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlangan barcha mablagʻlar toʻliq qaytarilishi, shuningdek, kompaniya qoʻshimcha ravishda oldindan toʻlov summasining 5%ini kompensatsiya sifatida taqdim etilishini maʼlum qilgandi.

Xabarda aytilishicha, Chevrolet Captiva 5 avtomobili boʻyicha jami 461 ta shartnoma puli toʻlangan. Ayni paytda, 207 nafar xaridor Chevrolet Captiva 5 avtomobili oʻrniga boshqa avtomobilni olishga qaror qilgan, 161 nafari esa toʻlangan mablagʻni qaytarilishi uchun ariza bilan murojaat qilganlar va allaqachon pullarini qaytarib olishgan.

41 nafar mijozlar kechagi kundan boshlab kompensatsiya sifatida taqdim etilgan 5% lik toʻlov summasini olgan, qolgan xaridorlar ham oʻz mablagʻlari va kompensatsiyani yaqin ikki-uch kun ichida olishi ta’kidlangan.