Spot hh.uz sayti orqali grafik-dizaynerlar uchun Oʻzbekistondagi kompaniyalardagi boʻsh ish oʻrinlari haqida maʼlumot toʻpladi. Unga koʻra, hozirgi vaqtda “Safia qandolat uyi”, “Multiplan Central Asia” va “Strategic Development Team” kabi kompaniyalar mazkur yoʻnalishda kadr qidirmoqda. Oʻrtacha oylik maosh 5−7 million soʻmdan boshlanadi.


“International Beverages Tashkent”

Mazkur MChJ 3−6 yillik tajribaga ega, Corel Draw, Adobe Illustrator va Adobe Photoshop (3D Max) dasturlarida ishlay oladigan mutaxassis qidirmoqda.

Maosh masalasi suhbat paytida hal etilishi taʼkidlangan.

Batafsil


“Safia qandolat uyi”

Ushbu mashhur brend tarmoq ham grafik-dizaynerlar uchun boʻsh ish oʻrni haqida eʼlon qoldirgan. Nomzod 1−3 yillik tajribaga ega, Adobe Photoshop, Corel Draw va Adobe Illustrator dasturlarida ishlay olishi va rus tilida erkin muloqot qila olishi talab etiladi. Tashkilot 5/2 grafikka ega ish rejimi vaʼda qilmoqda.

Ushbu vazifalar uchun 3,5−4 milliongacha maosh toʻlanadi.

Batafsil


“Multiplan Central Asia”

“Multiplan Central Asia” MChJ toʻliq stavkaga ishlaydigan grafik-dizayner uchun vakansiya eʼlon qilgan. Kompaniya birgalikda rivojlanishga tayyor, intiluvchan kadr qidirmoqda. Nomzod kreativ, jamoa bilan ishlash qobiliyatiga ega va dizaynerlar uchun talab etiladigan dasturlarda ishlay olishi kerak. 5/2 shaklidagi ish rejimi va qoʻshimcha bonuslar mavjud.

Maosh — 3−6 million soʻm atrofida.

Batafsil


“Button group biznes”

“Button group biznes” MChJ ham munosib grafik-dizaynerlari qidirmoqda. Nomzod Instagram uchun kontent tayyorlashi kerak. Shuningdek, unga marketing boʻyicha bilim va dizayn dasturlarida erkin ishlay olish talabi qoʻyiladi.

Tashkilot 6/1 grafikka ega ish rejim va bepul tushlik va kechki ovqat vaʼda qilmoqda.

Ushbu vazifalar uchun 5−10 milliongacha maosh toʻlanadi.

Batafsil


“Strategic Development Team”

Nomzod rus tilini bilishi, Adobe Photoshop, After Effects va Illustrator dasturlarida ishlay olishi kerak.

Boʻlajak xodim kompaniyaga oid axborot-reklama xabarlarining grafik qismini tayyorlashi, shuningdek, POSM materiallar ustida ishlashi talab etiladi.

Maosh masalasi suhbat paytida hal etilishi taʼkidlangan.

Batafsil


**Yuqoridagi maʼlumotlar maqola nashr qilingan vaqtda aktual hisoblanadi va Spot shartlar tez-tez oʻzgarib turayotganligi bois maʼlumotlarni aniqlashtirish yuzasidan saytni kuzatib borishni maslahat beradi.