“Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan “Qatar Airways” aviakompaniyasiga “Doha — Toshkent — Doha” yoʻnalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgan edi.

Qatar Airways aviakompaniyasining xabar berishicha, 2022-yil 17-yanvardan Oʻzbekistonga muntazam qatnovlarni boshlanadi.

Parvozlar Airbus A320 samolyotlarida dushanba va juma kunlari Dohadan Toshkentga, seshanba va shanba kunlari esa qarama-qarshi yoʻnalishda amalga oshiriladi.

Aviaqatnovlar biznes-klassda 12 va ekonom-klassda 120 oʻringa ega Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Maʼlumot uchun, yoʻlovchi aviatashuvlari xavfsizligi va sifatini baholashga ixtisoslashgan AirlineRatings.com agentligi dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi sifatida “Qatar Airways"ni koʻrsatgan edi.