SpaceX kompaniyasining savdo boʻyicha vitse-prezidenti Jonatan Xofeller “Airline Passenger Experience Association” yigʻilishida sinovlarning boshlanishi haqida gapirdi, deya xabar berdi Bloomberg. U ular sinovdan oʻtkazayotgan kompaniyalar nomini aytmadi, biroq boshqa potensial hamkorlar bilan muzokaralar davom etayotganini qoʻshimcha qildi.
Starlink haftasiga oltita sunʼiy yoʻldosh ishlab chiqaradi va yanada murakkab qurilmalarga oʻtadi, deya qoʻshimcha qildi Xofeller. Sinovlarning boshqa tafsilotlari haqida xabar berilmagan.
SpaceX butun dunyo boʻylab yuqori tezlikdagi internet uchun 30 000 dan ortiq Starlink sunʼiy yoʻldoshlarini uchirishni rejalashtirmoqda. Noyabr oyi oxiridagi maʼlumotlarga koʻra, orbitada 1800 ga yaqin sunʼiy yoʻldosh mavjud.
Bir kun avval Ilon Mask xodimlarga Starship raketasi uchun dvigatellar sekin ishlab chiqarilayotgani sababli SpaceX-ning bankrot boʻlish xavfi haqida maktub yoʻlladi.
Sunʼiy yoʻldosh operatori aviakompaniyalar bilan 2021-yil iyun oyida samolyotlarda Internetni sinovdan oʻtkazish boʻyicha muzokaralarni boshladi. Bir necha kundan soʻng SpaceX aloqa sifatini koʻrsatish uchun raketani orbitaga chiqarish vaqtida Starlink-dan internetni sinovdan oʻtkazishini aytdi.
Avvalroq Spot Starlink va sunʼiy yoʻldosh interneti aslida nima ekanligi va u dunyoni qay darajada oʻzgartira olishi haqida yozgan edi.