IT Park rezidentlari soni koʻpaydi. Yangi rezidentlar orasida dasturiy taʼminotni ishlab chiqish, IT-taʼlim, autsorsing, avtomatlashtirilgan tizimlarni joriy etish va turli biznes yechimlarini taqdim etish sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bor, deyiladi xabarda.
Quyidagi kompaniyalar IT-Parkning yangi rezidentlariga aylanishib, soliq imtiyozlariga ega boʻlishdi:
- “Financial Technology Innovation Hub”,
- “NextGen IT”,
- “ITEG IT Academy”,
- “ZMT Integrity”,
- “Tanlanganlar”,
- "WASAF Int Solutions",
- “Uniximtek Aziya”,
- “Algorithm Gateway”,
- “Wooz Marketplace”,
- “FZD Telematics”
- “Tenzor Soft”.
IT Parkning yangi rezidentlari orasida Toshkent shahridan 7 ta IT-kompaniya va Buxoro, Samarqand va Andijon viloyatlaridan 4 ta kompaniya bor.
Shunday qilib, bugungi kunda IT Park rezidentlari soni 492 taga yetdi.