HeadHunter xizmati maʼlumotlariga koʻra, umumiy ovqatlanish sohasidagi ish haqi pandemiya davrida 20% ga oshgan.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, kafe va restoranlar faoliyatiga qoʻyilgan koʻplab cheklovlar olib tashlanganiga qaramay, umumiy ovqatlanish sohasi uzoq davom etgan yopilishdan keyin hamon baʼzi qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda.

Shunday qilib, ushbu sohada ishchilarga boʻlgan talab ikki barobardan koʻproq oshdi.

“Tadbirkorlarning fikricha, sohada ishchilar yetarli emas. Oxirgi cheklovlar olib tashlanganidan soʻng, tashrif buyuruvchilar oqimi tiklandi, ammo xizmat koʻrsatuvchi xodimlar yetarli emas”, deyiladi hh tadqiqotida.

Ish beruvchilar xodimlarni jalb qilish uchun koʻproq kuch sarflashlari va mehnat sharoitlarini yaxshilashlari kerak.

Barcha ehtiyot choralariga qaramay, odamlar tavakkal qilishga tayyor emaslar. Ular, shuningdek, boshqa lokdaundan ham qoʻrqishadi.

Koʻpincha talabalar anʼanaviy ravishda ofitsiant sifatida ishlashga ketishgan, ammo global raqamlashtirish va masofaviy ishlashning tobora ommalashib borayotgani ular uchun nisbatan yangi daromad manbai — Internetni ochdi. Dunyoning istalgan nuqtasida ishlash uchun moslashuvchanlik xizmat koʻrsatish sohasidagi ogʻir mehnatdan koʻra koʻproq jalb qiladi, deydi tahlilchilar.

Avvalroq Spot hh.uz saytidagi vakansiyalarga eʼtibor qaratgandi.