Birja maʼlumotlariga koʻra, Sarvar Fayziyev “Ravnaq-Bank"dagi ulushini nazorat paketiga oshirdi.

Bitim 30-noyabr kuni yopildi. Fayziyev bankning yana 19,062 mln dona aksiyasini olib, oʻz ulushini 19,06% ga oshirdi. Bitim 19 mlrd soʻmni tashkil etdi.

Endilikda Sarvar Fayziyev 52,137 mln dona aksiyaga egalik qiladi, bu Ravnaq-Bankning umumiy ustav kapitalining 52,14%i deganidir.

Aksiyador bank kapitalidagi ulushini asta-sekin oshirib bordi. 2018 yilda u 11,38% aksiyalarni nazorat qilgan. 2019-yil mart oyida Fayziyev oʻz ulushini 31,4% ga, 2020-yilda esa 32,4% ga kengaytirdi.

Joriy yilning yanvar oyida u sovgʻa sifatida “Ravnaq-Bank” aksiyalarining yana 0,58%ini olib, oʻz ulushini 33 million donaga yetkazdi.