Ilon Mask $1,01 mlrd ga 934 ming donadan ortiq aksiyalarini sotdi. Bu haqda reuters xabar bermoqda.
Mask toʻrt haftadan buyon oʻz kompaniyasining aksiyalar paketlarini sotmoqda. U shu kunga qadar qiymati $10 mlrd dan ortiq aksiyalarini sotdi.
Dastlab milliarder Twitter-da oʻz aksiyalarini sotish borasida soʻrovnoma oʻtkazgandi. Mask buni soliqni toʻlash uchun qilayotganini aytgan. Foydalanuvchilarning aksariyati uning bu fikrini qoʻllab-quvvatlaganidan soʻng 8-noyabr kuni $1,1 mlrd lik dastlabki aksiyalar paketini sotdi.
Bloomberg agentligining yozishicha, aksiyalarni sotish sxemasi soʻrovnoma oʻtkazilishidan oldinroq ishlab chiqilgan.