Urganchga reyslar Strigino aeroportidan amalga oshiriladi. Bu Nijniy Novgorod uchun yangi yoʻnalish, deya xabar berdi aeroport matbuot xizmati.

S7 aviakompaniyasi samolyotlari chorshanba kunlari parvoz qiladi. Nijniy Novgoroddan joʻnab ketish soat 21:10 ga, Urganchga yetib kelish soat 02:25 ga (mahalliy vaqt bilan) rejalashtirilgan. Striginoga qaytish reysi soat 04:15 ga (mahalliy vaqt), yetib kelish soat 5:35 ga rejalashtirilgan. Parvozlar Boeing 737 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Navbatdagi reys uchun chipta narxi 11,6 ming rubldan boshlanadi (taxminan 1,7 mln soʻm), deyiladi aviatashuvchi saytidagi maʼlumotda.

Avvalroq Spot Red Wings aviakompaniyasi Maxachqalʼadan Navoiyga parvozlarni amalga oshirishi haqida yozgan edi.